This content originally appeared on DEV Community and was authored by Mukhriddin Khodiev (work)
Vue3-daref va reactive hook-larini tanlashda qaysi biri qulayroq ekanligini aniqlashda, ularning farqlarini va qanday holatlarda foydalanishni tushunish kerak . Har ikkala hook ham reaktiv ma'lumotlar yaratish uchun ishlatiladi, lekin ularning ishlash usuli va qo'llanilishi jichcha farq qiladi.
ref
Qulayliklari
Oddiy qiymatlar uchun mos:
refasosan primitive turlar (string, number, boolean) uchun qulay. Masalan,count,messagekabi oddiy qiymatlar uchun.DOM elementlariga murojaat qilish:
refDOM elementlarini saqlash va ularga murojaat qilish uchun ishlatiladi. Masalan,
.Qiymatga kirish oson:
refbilan ishlashda,.valueorqali qiymatga kirish va uni o'zgartirish mumkin.
Misol
import { ref } from 'vue';
const count = ref(0);
count.value++; // Qiymatni oshirish
reactive
Qulayliklari
Murakkab ma'lumot tuzilmalari uchun mos:
reactiveobject yoki array kabi murakkab tuzilmalarga ega bo'lgan ma'lumotlar uchun qulay. U butun ob'ekt yoki massivni reactive (reaktiv) qiladi. -
Objectlar bilan ishlash:
reactiveobjectning barcha xususiyatlarini reaktiv qiladi, shuning uchun to'g'ridan-to'g'ri xususiyatlarga kirish va ularni o'zgartirish mumkin.
Misol
import { reactive } from 'vue';
const state = reactive({
count: 0,
name: 'Vue'
state.count++; // Qiymatni oshirish
state.name = 'Vue 3'; // Xususiyatni o'zgartirish
ref va reactive farqlari
Qiymat turi:
refoddiy qiymatlar uchun mos va.valueorqali ularga kiriladi. -
reactivecomplex holatga ega object yoki array uchun mos va to'g'ridan-to'g'ri xususiyatlarga kiriladi.
Qo'llanilish holatlari:
refprimitive turlar (string, number, boolean) va DOM elementlari uchun ishlatiladi. -
reactiveobject yoki array kabi murakkab tuzilmalar uchun ishlatiladi.
Reaktivlik:
reffaqat bitta qiymatni reaktiv qiladi. -
reactivebutun bir object yoki array ni reaktiv qiladi, shu jumladan uning barcha xususiyatlarini.
Tanlash qachon qulay
- Agar sizda oddiy qiymat bo'lsa yoki DOM elementiga murojaat qilish kerak bo'lsa,
refdan foydalaning. - Agar sizda ko'p xususiyatlarga ega bo'lgan object yoki array bo'lsa,
reactivedan foydalaning.
Umumiy misol
Quyida ref va reactive ni birgalikda qo'llash misoli keltirilgan:
<template>
Message: {{ message }}
Todos:
{{ todo.text }}
</template>
Ushbu misol ref va reactive hook-larini qanday birgalikda ishlatish mumkinligini ko'rsatadi. Tanlov qaysi turdagi ma'lumotlar bilan ishlayotganingizga bog'liq bo'ladi.
PS: Yuqridagi rasmda nega bunday demoqda , 🤔🤔🫢🫢🙄🙄🙄😩😫😫 , video darsda javob berib o'taman bu haiqda :)
Bizni tarmoqlarda kuzatishingiz mumkin va maqola foydali bo'lsa izoh va Vuechi do'stlaringizga ulashing. 🫡
🔗 https://t.me/mukhriddinweb
🔗 https://medium.com/@mukhriddinweb
🔗 https://dev.to/mukhriddinweb
🔗 https://khodieff.uz
🔗 https://github.com/mukhriddin-dev
🔗 https://linkedin.com/in/mukhriddin-khodiev
🔗 https://youtube.com/@mukhriddinweb
This content originally appeared on DEV Community and was authored by Mukhriddin Khodiev (work)
Mukhriddin Khodiev (work) | Sciencx (2024-07-08T00:53:30+00:00) Vue3 da ( ref va reactive) farqi. Retrieved from https://www.scien.cx/2024/07/08/vue3-da-ref-va-reactive-farqi/
Please log in to upload a file.
There are no updates yet.
Click the Upload button above to add an update.