C# da string metodlari haqida

C# da bir nechta string metodlari mavjud. Men ulaning bir nechtasini tushuntirib berishga harakat qilaman.
_ Compare metodi._ Compare metodi int qaytaradi. Uning asosiy funksiyasi shundan iboratki , u 2 ta string qabul qiladi va ularni bir-biriga solis…


This content originally appeared on DEV Community and was authored by Munisa Kuranbekova

C# da bir nechta string metodlari mavjud. Men ulaning bir nechtasini tushuntirib berishga harakat qilaman.
_ Compare metodi._ Compare metodi int qaytaradi. Uning asosiy funksiyasi shundan iboratki , u 2 ta string qabul qiladi va ularni bir-biriga solishtiradi. Agar biz kiritgan 2ta stringning birinchisi ikkinchisiga tog'ri kelsa , 0. Agar tog'ri kelmasa 1 yoki -1 qaytaradi.

int result = string.Compare("apple" , "apple");

Console.WriteLine(result);

Replace metodi. Bu metod 2 ta string qabul qiladi. String qaytaradi. Funksiyasi - bir so'zni, belgini yoki sonni biz kiritgan o'zgaruvchi bilan o'rin almashtirish vazifasini bajaradi.

string message = "Welcome to .NET course";

string result = message.Replace(".NET" , "English");

Console.WriteLine(result);

Contains() - bool qaytaradi(true/false) . Bir dona tekshiriladigan string qabul qiladi. Masalan:

string message = "Wlcome to .NET course";

string course = ".NET";

bool hasDotNet = message.Contains(course);

Console.WriteLine(hasDotNet);

bu kod ishga tushirilsa "true" qaytariladi. Agar biz ".NET" ning o'rniga boshqa so'z ya'ni biz kirigan tekstda yo'q so'z bo'lsa "false" qaytaradi.

Substring() - string qaytaradi,lekin int qabul qiladi. Substring kesib olish vazifasini bajaradi. Bizning vazifamiz esa bizga kerakli bo'lgan matnni indeksini aniqlab kiritish.

string message = "Welcome to .NET course";

string part = message.Substring(11);

Console.WriteLine(part);

shu kodni ishga tushirsak uning natijasi ".NET course" bo'ladi. Bo'shliqlarni hisobga olganda .NET so'zigacha 11ta belgi mavjud. Shuning uchun 11 indeksini kiritib ".NET course" matnini chop etdik.

Trim() - string qaytaradi. Uning vazifasi matndan boshidagi va oxiridagi bo'shliqlarni olib tashlash.

string name = "   Ilmhub  ";

Console.WriteLine(name.Trim());

bunkodning natijasi "Ilmhub" bo'ladi. Ya'ni tekstning boshi va oxiridagi bo'shliqlarning olib tashlangan natijasi bo'ladi.

ToUpper() - ushbu metodning vazifasi matnning barcha harflarni katta harfga o'tkazish.

string name = "ilmhub";

Console.WriteLine(name.ToUpper());

shu kodni ishga tushirsak "ILMHUB" qaytariladi.

ToLower() - bu esa ToUpper()ning teskarisi. Buning vazifasi hamma harflarni kichik harflarga o'tkazish.

string name = "ILMHUB";

Console.WriteLine(name);

bu kodning natijasi "ilmhub".

IndexOf() - string qabul qiladi va int qaytaradi. Biz kiritgan stringni indeksini qaytaradi.

string text = "Hello World";

int index = text.IndexOf("World");

Console.WriteLine(index);


shu kodni ishga tushirsak terminal oynasiga 6 soni chop etiladi.


This content originally appeared on DEV Community and was authored by Munisa Kuranbekova


Print Share Comment Cite Upload Translate Updates
APA

Munisa Kuranbekova | Sciencx (2025-02-01T05:23:39+00:00) C# da string metodlari haqida. Retrieved from https://www.scien.cx/2025/02/01/c-da-string-metodlari-haqida/

MLA
" » C# da string metodlari haqida." Munisa Kuranbekova | Sciencx - Saturday February 1, 2025, https://www.scien.cx/2025/02/01/c-da-string-metodlari-haqida/
HARVARD
Munisa Kuranbekova | Sciencx Saturday February 1, 2025 » C# da string metodlari haqida., viewed ,<https://www.scien.cx/2025/02/01/c-da-string-metodlari-haqida/>
VANCOUVER
Munisa Kuranbekova | Sciencx - » C# da string metodlari haqida. [Internet]. [Accessed ]. Available from: https://www.scien.cx/2025/02/01/c-da-string-metodlari-haqida/
CHICAGO
" » C# da string metodlari haqida." Munisa Kuranbekova | Sciencx - Accessed . https://www.scien.cx/2025/02/01/c-da-string-metodlari-haqida/
IEEE
" » C# da string metodlari haqida." Munisa Kuranbekova | Sciencx [Online]. Available: https://www.scien.cx/2025/02/01/c-da-string-metodlari-haqida/. [Accessed: ]
rf:citation
» C# da string metodlari haqida | Munisa Kuranbekova | Sciencx | https://www.scien.cx/2025/02/01/c-da-string-metodlari-haqida/ |

Please log in to upload a file.




There are no updates yet.
Click the Upload button above to add an update.

You must be logged in to translate posts. Please log in or register.